MIB xodimlari undirilgan qarzlardan mukofot oladi
Undiruv qisman yoki soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ijrochilarga mukofot berilmaydi.

O‘zbekistonda davlat ijrochilari va MIB xodimlarini ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi tasdiqlandi, deyiladi bosh prokuror buyrug‘ida.
Yig‘im sud ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish bo‘yicha harakatlar amalga oshirilganda amalga oshiriladigan undiruvdir. U qarzdordan ijro hujjatini ixtiyoriy ijro etish muddati tugaganidan keyin quyidagi miqdorlarda undiriladi:
- mulkiy tusdagi ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxsdan undiriladigan summaning 1 foizi miqdorida, yuridik shaxsdan 2 foizi miqdorida;
- nomulkiy xususiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida, yuridik shaxslardan esa — 10 baravari miqdorida undiriladi.
Moddiy rag‘batlantirish xarajatlari Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga ijro yig‘imi mablag‘larining 10 foizini o‘tkazish hisobidan amalga oshiriladi. To‘lovlar miqdori Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasi ma’lumotlari asosida har oy yakuni bo‘yicha avtomatik tarzda hisoblab chiqiladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘im undiruvchi byuro markaziy apparati xodimlariga 80% miqdorida, biroq EKIHning 3 baravaridan (3,47 mln so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda ustama to‘lanadi. Qolgan davlat xizmatchilari uchun xuddi shu cheklov bilan lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustama belgilangan. Hududiy bo‘linmalarda ham shunga o‘xshash. Tuman va shahar bo‘limlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro xizmati uchun yig‘im undirayotgan xodimlarga tayinlovda ko‘rsatilgan summaning 80 foizi (boshqa ijrochilar — 20 foizi), biroq EKIHning 4 baravaridan (4,62 mln so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladi.
Undiruv qisman yoki soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ijrochilarga mukofot berilmaydi. Shuningdek, ijrosi to‘xtatilgan yoki kechiktirilgan, boshqa hududga yuborilgan va ijrosiz qaytarilgan ishlar ham qamrab olinmaydi.
Izohlar