Ko‘tarilish va pasayishlar: dollar bir hafta ichida qanday o‘zgardi?
NOVA24.uz rasmiy kotirovkalarni taqqosladi.

Tahririyat xorijiy valyutalar kursining 20-oktyabrdan 27-oktyabrgacha bo‘lgan hafta davomidagi o‘zgarishlarini hisoblab chiqishga qaror qildi.
Hafta boshidagi valyuta kurslari quyidagicha ko’rinish oldi:
- Dollar — 12 108,24 so‘m;
- Yevro — 14 169,06 so‘m;
- Funt sterling — 16 268,63 so‘m;
- Rubl — 149,10 so‘m;
- Yuan — 1 699,09 so‘m;
- Iyena — 80,90 so‘m;
- Tenge — 22,52 so‘m.

Hafta davomida kotirovkalar ba’zi o‘zgarishlarga uchradi. Eng ko‘p yevro va funt sterling arzonlashdi, dollar va yuan biroz qimmatlashdi, tenge esa o‘zgarishsiz qoldi:
- Dollar — 12 117,35 so‘m, haftalik o‘sish 9,11 so‘m;
- Yevro — 14 069,46 so‘m, haftalik pasayish 99,60 so‘m;
- Funt sterling — 16 142,73 so‘m, haftalik pasayish 125,90 so‘m;
- Rubl — 149,49 so‘m, haftalik o‘sish 0,39 so‘m;
- Yuan — 1 701,23 so‘m, haftalik o‘sish 2,14 so‘m;
- Iyena — 79,21 so‘m, haftalik pasayish 1,69 so‘m;
- Tenge — 22,52 so‘m, o‘zgarish yo‘q.

Izohlar