AQSH sudi Trampning import bojlari haqidagi qarorini blokladi
Sudyalar hay’ati qaroriga ko‘ra, Oq uy rahbari bojlarni joriy etish tashabbusi bilan chiqqan qonun prezidentga ularni deyarli butun dunyoga qarshi joriy etish huquqini bermaydi.

AQSH xalqaro savdo bo‘yicha federal sudi prezident Donald Trampning global import tariflarini joriy etish to‘g‘risidagi qarorini blokladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Uch nafar sudyadan iborat hay’at 1977-yilda qabul qilingan Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonun (IEEPA) ga ko‘ra, Tramp bojlarni joriy etish tashabbusi bilan chiqdi, bu esa prezidentga dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga qarshi bojlar joriy etish huquqini bermaydi.
Sud AQSH Konstitutsiyasi Kongressga tashqi savdoni tartibga solish bo‘yicha mutlaq vakolatlar berishini ta’kidladi. Bu vakolatlarni hatto prezidentning iqtisodiyotni himoya qilish bo‘yicha tashabbuslari doirasida ham bekor qilish mumkin emas.
“Prezident Tramp Amerikani birinchi o‘ringa qo‘yishga va’da berdi va ma’muriyat ushbu inqirozni yengib o‘tish va Amerikaning buyukligini tiklash uchun ijro hokimiyatining barcha vositalaridan foydalanishga tayyor”, — dedi Oq uy matbuot kotibi Kush Desai.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 3-aprel kuni AQShga 185 mamlakatdan tovarlar importiga boj joriy qilgandi. Tariflar miqdori chet el tovarlariga nisbatan boshqa mamlakatlar tomonidan belgilangan bojlardan ikki baravar kam bo‘ldi. Vashington Yevropa Ittifoqi tovarlariga 20 foiz, Xitoyga 34 foiz, Buyuk Britaniyaga 10 foiz, Ukrainaga ham 10 foiz, O‘zbekistonga 10 foiz miqdorida boj joriy qildi.
Mavzuga doir: Donald Trampning import bojlari tufayli dollar kursi qanday o‘zgaradi? Oq uy rahbarining qarori allaqachon valyutaning global sotilishiga turtki bo‘ldi.
Izohlar