Zangiotada prokurorning katta yordamchisi psixofaol modda bilan ushlandi
Toshkent viloyatida Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga olindi.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan va avtomashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olingan va undan ham 300 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilishicha, ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda fuqarolarni Yaponiyaga yuborishni va’da qilganlar ushlandi Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Toshkentda 1 ta jangovar va 21 ta pnevmatik qurol muomaladan olindi
Soʻnggi yangiliklar







