30 Oktabr 2024, 13:06 Oʻzbekiston

Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Zangiotada 417,1 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Zangiota tumanida fuqarolar R.D. va A.Z. tumandagi “Madaniyat” hamda “Farobiy” MFY hududidagi binolarda tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Oqibatda jami 417,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Shuningdek, Sherobod tumanida fuqaro S.O. fuqaro U.B.ga tegishli “Qorabog‘” MFY hududidagi sexga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga shikast yetkazgan.

Oqibatda 186,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar