23 Noyabr 2024, 09:11 Oʻzbekiston

Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona fosh qilindi.

Zangiotada 14 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida faoliyat yuritayotgan issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIV Tezkor qidiruv departamenti xabar berdi.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Zangiota tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu tadbir davomida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan issiqxona aniqlangan.

1987 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonining tomorqasida issiqxona tashkil etib, unda qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. U issiqxona yonidan o‘tgan gaz quvuriga hech qanday ruxsatsiz ulanib olgan.

Issiqxona egasi uch yil davomida shu tarzda tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib, davlat manfaatlariga dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 milliard 348 million 880 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Ushbu harakatlarni yashirin tarzda amalga oshirish maqsadida qilmishlarini turli ko‘rinishda niqoblab kelgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar