“Zangiota-2” shifoxonasi o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
Bolalar shifoxonasi davlat budjetidan moliyalashtiriladi va u 500 o‘ringa mo‘ljallanadi.
24-iyul kuni Vazirlar Mahkamasi “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Hujjatga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining bo‘sh turgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.
Shifoxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali
- tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;
- tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
- Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;
- tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.
1-sentabrga qadar Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirilib, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.
Bolalar shifoxonasi davlat budjetidan moliyalashtiriladi va u 500 o‘ringa mo‘ljallanadi.