Yunusobodda suvoʻtkazgich yorilishi oqibatida koʻchalarni suv bosdi
Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga kelgani ortidan koʻchalar suv bilan toʻlgan. Hududning katta qismi suv taʼminotidan uzilgan.
Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi d1200mm katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga keldi, deb xabar berdi “Toshkent shahar suv taʼminoti”.
Taʼkidlanishicha, tumanning Moyqoʻrgʻon koʻchasi va Qoraqamish koʻchalari kesishmasida d1200mm katta suv oʻtkazgich yorilgan.
Shu sababli tumandagi Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor koʻchalari, Gʻishtqoʻrgʻon koʻchalari, Astrobod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv boʻlmasligi ham qayd etilgan. Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrishmoqda. Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi O‘zbekiston Qozog‘istonga yana 500 million kub metr suv beradi “Toshturma”da sutkasiga 4-6 soat davomida suv berilayotgani aytilmoqda Toshkentda yana quvur yorilib, ko‘chalarni suv bosdi