Yunusobod bozori o‘rnida uch qavatli savdo markazi va ekobozor quriladi
Toshkent shahridagi Yunusobod bozori o‘rnida tomida restoranlar joylashgan uch qavatli savdo markazi va ekobozor barpo etiladi.
Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi. Loyiha chorshanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi, deb xabar qildi uning matbuot xizmati.
Bozor “hamisha gavjum, kengayishga esa joy yo‘q”. Bundan tashqari, atrofdagi ko‘chalarda ham tirbandlik yuzaga kelgan. Shu bois uni zamonaviy konsepsiya asosida yuqoriga “o‘stirish”, savdo o‘rinlari va qulayliklarni ko‘paytirish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
“Loyihaga ko‘ra, avvalo, asliyat saqlab qolinib, hozirgisining o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi. Uning yonida qo‘shimcha savdo markazi hamda zargarlik uyi barpo etiladi. Eng muhimi, ushbu binolarning yerosti qismi mingdan oshiq avtomobil sig‘adigan turargoh bo‘ladi. Jami 4−5 ming ish o‘rni ochiladi”, — deyiladi xabarda.
Prezident bozor faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaslik, qurilishni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Turkiyalik dizayner “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida yangi binoda ofislar ham bo‘lishini, umumiy maydon 20 ming kvadrat metrni tashkil etishini aytdi.
Markaziy qismida poytaxtda tanish bo‘lgan “ekobozorlar”ga o‘shash bozor, perimetrlar bo‘yicha esa do‘konlar bo‘ladi. Bolalar uchun batut markazi ochish rejalashtirilgan.
Taqdimotda aytilishicha, majmua tomida restoranlar joylashtiriladi, daraxtlar va butalar o‘stiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahrining bosh rejasi tasdiqlandi Toshkentda 316 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydlanilgani aniqlandi Toshkentda avariya sabab 3 mingga yaqin isteʼmolchi “svet”siz qoldi Toshkentdagi universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi Toshkentda Lixiang yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urildi