Yozda o‘smirlar qanday qilib pul ishlab topishi mumkin?
Mehnat vazirligi 18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun yengil kasblar ro‘yxatini tayyorladi.

Mehnat vazirligi 18 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun yozda maktabdan bo‘sh vaqtlarida rasman ishlashlari uchun 40 ta yengil kasblar ro‘yxatini tayyorladi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, tanlangan kasblar o‘qishga xalaqit bermaydi va o‘smirlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydi. Ro‘yxatda quyidagi kasblar mavjud:
- rassom;
- ofitsiant;
- oilaviy korxona a’zosi;
- umumiy ovqatlanish muassasasidagi xostes;
- barista (kofe tayyorlash bo‘yicha mutaxassis);
- titester (choy degustatori);
- shokoladchi;
- mozaika ustasi;
- soatsoz;
- chipta tarqatuvchi;
- nooziq-ovqat tovarlari sotuvchisi;
- oziq-ovqat tovarlari sotuvchisi;
- fermer xo‘jaligi a’zosi;
- yog‘och buyumlar tayyorlash bo‘yicha hunarmand;
- yog‘och o‘ymakori;
- xalq o‘yinchoqlari yasovchi hunarmand;
- poyabzal tozalovchi;
- ayollar sartaroshi;
- erkaklar sartaroshi;
- garderobchi;
- oshxona xodimi;
- idish yuvuvchi;
- yordamchi ishchi;
- choy tashuvchi;
- tovarlarni o‘rovchi;
- xom ashyoni ochuvchi;
- detallar va buyumlarni saralovchi;
- buyumlarni saralovchi;
- saralovchi-qadoqlovchi;
- qadoqlovchi;
- qog‘oz paketlarni tayyorlovchi;
- xaritalar va o‘rash-joylash materiallarini tayyorlovchi;
- qopqoq ishlab chiqaruvchi;
- hunarmand shogirdi.
Fuqarolarga 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ishga joylashtirish uchun ota-onasining yozma roziligi kerakligi, ish beruvchilar esa xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi va ish tufayli sog‘liqqa yetkazilgan har qanday zararni qoplashi kerakligi eslatib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini Garvardga o‘qishga tayyorlash boshlanadi. Shuningdek, mamlakatda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishga tushiriladi.
Izohlar