Yomg‘irli sovuq: 20-noyabr uchun ob-havo
Tog‘larda qor yog‘ishi kutilmoqda.

20-noyabrda O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 16-18° iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Avvalroq o‘zbekistonliklarni yog‘ingarchiliksiz iliq hafta kutayotgani xabar qilingandi. Faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Izohlar