7 Aprel 2025, 11:54 Oʻzbekiston

Yomgʻirlardan soʻng oʻzbekistonliklarni iliq hafta xursand qiladi

Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor.

Yomgʻirlardan soʻng oʻzbekistonliklarni iliq hafta xursand qiladi

7-11-aprel kunlari Oʻzbekistonda quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deya xabar berdi Oʻzgidromet matbuot xizmati.

7 va 8-aprel kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati kunduz kunlari 23-28 daraja issiq, baʼzi joylarda 30 daraja issiqqacha boʻladi. 9-aprelda respublika janubida, markaziy viloyatlarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 3-6 darajaga pasayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida respublika boʻyicha asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib 28-31 darajaga yetadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7-aprel kuni respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 7-8-aprelda Toshkent, Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkent shahrida 7-11-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan kuchsizdan oʻrtachagacha esadi. Harorat 7-8-aprelda 26-28 daraja, 9-aprelda 22-24 daraja, 10-aprelda 25-27 daraja, 11-aprelda 28-30 daraja boʻladi.

Mashhur yangiliklar