Yomg‘ir va tuman: 4-dekabr uchun ob-havo
Tog‘larda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin.

4-dekabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 9-11° iliq bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
- Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq;
- Qashqadaryoda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
- respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Izohlar