12-yanvar kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan o‘rtacha tezlikda esadi, ba’zi joylarda kuchayadi. Harorat kechasi 3° sovuq – 8° iliq, kunduzi 3-18° iliq bo‘ladi. Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, ba’zi joylarda 5-7° sovuqgacha, kunduzi 2-7° iliq, ba’zi joylarda 10° iliqgacha bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 7-12° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
  • Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman. Harorat kechasi 4° sovuq-1° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.