O‘zbekiston

Yomg‘ir va sovuq: 8-dekabr uchun ob-havo

Ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi.

8-dekabr kuni O‘zbekistonda salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda yomg‘ir yog‘moqda. Sharqiy shamol g‘arbiy yo‘nalishga o‘tib, 3-8 m/s tezlikda esmoqda. Harorat kechasi 3-5° iliq, kunduzi 5-7° iliq bo‘ladi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
  • Buxoro, Navoiyda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq;
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbga o‘tib, 7-12 m/s tezlikda esadi. Tunda havo harorati 2-7° issiq, kunduzi 5-10° issiq bo‘ladi.
  • Samarqand viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
  • Qashqadaryoda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
  • Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.
  • Respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
    Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Снежана Самойлова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная