29-dekabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Kechasi 3 daraja sovuq, 11 daraja iliq, kunduzi 3 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:

  • Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
  • Buxoro va Navoiyda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 13-18 metr tezlikda esadi.
  • Toshkent viloyatida kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 13-18 metr tezlikda esadi.
  • Samarqandda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 13-18 metr tezlikda esadi.
  • Jizzax va Sirdaryoda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tun vaqtida havo harorati 3-8° issiq, kunduzi 13-18° issiq bo‘ladi. G‘arbdan esayotgan shamol tezligi 7-12 m/s, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayib, 20-22 m/s tezlikdagi kuchli shamol bo‘lishi mumkin.
  • Qashqadaryoda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 13-18 metr tezlikda esadi.
  • Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 9-14 m/s tezlikda esadi.