3-yanvar kuni O‘zbekistonda nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 3-5, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Hududlar bo‘yicha ob-havo:

  • Qoraqalpog‘istonda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
  • Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq;
  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Joylarda tuman. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘adi. Joylarda tuman. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.