Yomg‘ir va kuchli shamol: 1-avgust uchun ob-havo haqida qisqacha
Yozning so‘nggi oyi birinchi kuni o‘zbekistonliklarni iliqlik bilan kutib oladi.

1-avgust kuni O‘zbekistonda harorat 40 darajagacha ko‘tarilishi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli kuchli shamol esishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lib, sel va suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechga tomon shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 34-36° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-16 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-16 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-16 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-16 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi ehtimoli mavjud. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Izohlar