O‘zbekiston

Yomg‘ir va haroratning pasayishi: haftalik ob-havo

Respublikaning barcha hududlariga Qozog‘iston hududlaridan salqin va nam havo kirib keladi.

Sentabr oyining so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Harorat 26-29°, ba’zi joylarda 31° gacha bo‘ladi. Faqat respublikaning shimolida harorat 17-22° gacha pasayadi. 1-2-oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga Qozog‘iston hududlaridan salqin va nam havo kirib keladi.

1-oktyabrda Qoraqalpog‘istonda, Navoiy, Toshkent viloyatlarining shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysining faqat ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Harorat foni 1-2 oktyabrda 8-10° ga pasayadi. Kechasi va ertalab termometr ustuni 8-13° gacha pasayadi, kunduzi havo harorati 18-23° dan oshmaydi. Harorat kechasi 4-9° iliqgacha, kunduzi 15-18° iliqgacha pasayadi. 3 oktyabrda respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 2-3 darajaga ko‘tariladi.

Respublika janubida iliq ob-havo 1-oktyabrgacha saqlanib turadi, haroratning 20-25 darajagacha pasayishi esa 2-3-oktyabr kunlari kuzatiladi. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida: 28-30-sentyabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-oktyabrda, 2-oktyabrda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 3-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. 1-2 oktyabrda harorat kechasi 8-11° gacha, kunduzi 18-21° gacha pasayadi. 3-oktyabrda kechasi 8-11°, kunduzi 22-24° bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная