Yomg‘ir va chang bo‘ronlari: 29-may ob-havo ma’lumoti
Tog‘larda sel xavfi e’lon qilindi.

29-may kuni O‘zbekistonda havo soviydi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik, ba’zi hududlarda chang-to‘zonli kuchli shamol kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz, faqat kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 3-8 m/s, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 25-27° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi;
- Buxoro va Navoiyda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi;
- Qashqadaryo va Surxondaryoda ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchiliksiz. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonli bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°;
- Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli, kechqurun ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, kechqurun 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi;
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Sharqdan esadigan shamol tezligi 7-12 m/s, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Izohlar