31-dekabr-3-yanvar kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
G‘arbiy shamol sharqiy yo‘nalishga o‘tib, 5-12 m/s tezlikda esadi, ayrim kunlari ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 7° sovuqdan 10° issiqgacha, kunduzi 3° sovuqdan 15° issiqqacha bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1-3 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, 3 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi 0-8° iliq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
- Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-7° iliq, kunduzi 0-15° iliq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-10° iliq, kunduzi 3-13° iliq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
- Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 31 dekabr va 3 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-10° iliq, kunduzi 7-15° iliq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
- Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 2-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Температура ночью 0-10° тепла, днём 7-15° тепла. Ветер западный с переходом на восточный 7-12 м/с, 31 декабря местами усиление до 13-18 м/с;
- Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1 va 3-yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 31-dekabr va 2-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-7° iliq, kunduzi 3-10° iliq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
- Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Joylarda tuman. Harorat kechasi 0-7° sovuq, kunduzi 3-7° iliq bo‘ladi. Gʻarbdan shamol sharqqa o‘zgarib, 7-12 m/s tezlikda esadi.





















