15-yanvar kuni O‘zbekistonda nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarga tuman tushib, yog‘ingarchilik bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.

Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘moqda. G‘arbdan esayotgan 3-8 metr tezlikdagi shamol 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-8° issiq, kunduzi 11-13° issiq bo‘ladi.

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda. G‘arbdan esayotgan shamol tezligi sekundiga 7-12 metr, ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi havo harorati 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
  • Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° issiq, kunduzi 10-15° issiq bo‘ladi.
  • Qashqadaryo va Surxondaryoda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
  • Andijon, Namangan, Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan 5-10 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. G‘arbdan esayotgan shamol tezligi sekundiga 7-12 metr, ayrim joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuqdan 3° issiqgacha, kunduzi 4-9° issiq bo‘ladi.