Yog‘ingarchiliksiz isish: dam olish kunlari uchun ob-havo
Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

3-5-oktyabr kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
3-oktyabrda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 18-23° atrofida, janubda 25-27° gacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha kunduzgi harorat 20-25° bo‘lgan quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi. 3 oktyabrda cho‘l hududlarda kunduzi, 4 va 5 oktyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat 3-oktyabrda 20-22°, 4-oktyabrda kechasi 10-12°, kunduzi 23-25°, 5-oktyabrda kechasi 10-12°, kunduzi 21-23° bo‘ladi.
Izohlar