Yog‘ingarchilik va kuchli shamol: 13-avgust uchun ob-havo
Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

13-avgust kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, chang-to‘zon bilan kuchli shamol esishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 36-38° bo‘ladi.
Hududlarda ob-havo quyidagicha bo‘ladi:
- Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°;
- Xorazmda yog‘ingarchiliksiz. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
- Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.
- Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
- tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchiliksiz. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Tunda harorat 14-19°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Izohlar