Yo‘l harakatini tashkil etish markazi oldiga qo‘yilgan vazifalarni tasdiqlandi
YHTM bir nechta axborot manbalarini nazorat qiladi.

Prezident qarori bilan Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTM) ni tashkil etish, uning funksiya va vakolatlari tasdiqlandi.
2026-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahridagi YHTM ayrim transport turlari harakatini cheklash, tezlik rejimini belgilash va vazn-hajm me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Organ bir nechta asosiy vazifalarni o‘z zimmasiga oladi. Transport oqimlari va piyodalar harakatini nazorat qilish, tirbandliklarning oldini olish va harakat xavfsizligini oshirish shular jumlasidan.
Buning uchun YHTM kameralar, sensorlar va boshqa manbalardan ma’lumotlarni to‘playdi, shuningdek, yo‘l harakati holati bo‘yicha yagona shahar ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Bundan tashqari, markaz ko‘cha infratuzilmasi va transportni rejalashtiradi, tezlik rejimlari, to‘xtash joylari sxemalari, jamoat transporti yo‘nalishlari va piyodalar zonalarini obodonlashtirishni ishlab chiqadi.
Tuzilma barcha transport xizmatlari va operatorlari, shu jumladan tashuvchilar va ijara xizmatlari ishini muvofiqlashtiradi, shuningdek, harakatni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni tasdiqlaydi, qoidabuzarliklarni qayd etish kameralarini o‘rnatadi va pullik avtoturargohlarni nazorat qiladi. Vositalardan biri transport oqimlarini matematik modellashtirish bo‘lib, u yangi harakat sxemalarini sinovdan o‘tkazish hamda ko‘chalar va ko‘priklarni qurish yoki rekonstruksiya qilish samaradorligini baholash imkonini beradi.
Markazga ko‘chalarning ayrim uchastkalarida tezlik rejimini o‘rnatish, transportning ayrim turlari uchun cheklovlar joriy etish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlariga ruxsatnomalar berish, transportning og‘irlik va gabarit parametrlarini nazorat qilish, DXSH loyihalari va xalqaro transport tashabbuslarida ishtirok etish, shuningdek, transport infratuzilmasi obyektlarida faoliyat yurituvchi tashkilotlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborish huquqi beriladi.
Avvalroq Toshkentda Xitoy kompaniyasi yo‘llarni modernizatsiya qilayotgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonning davlat kafolati ostidagi Xitoy banki kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan ishlarning umumiy hajmi 270 million dollarni tashkil etadi.
Izohlar