Yil boshidan buyon 61 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Voyaga yetmaganlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga joylashtirilgan.

Rossiyadan kattalar qarovisiz qolgan ikki nafar voyaga yetmagan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar “Tranzit” bolalar ijtimoiy boshpanasi xodimlari bilan birgalikda bolalarni Sankt-Peterburgdan olib kelishgan. Voyaga yetmaganlar Toshkentga qaytgach, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirilgan.
Bolalardan biri poytaxtda onasiga topshirilgan. Yana bir bola IIB xodimlari hamrohligida yashash joyiga olib borilgan va qarindoshlariga qaytarilib, u yerda akasi bilan uchrashgan. Ma’lum bo‘lishicha, bolaning ukasi ham Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish qoidalarini buzgani uchun vataniga qaytarilgan.
Hozirda har ikkala bolani yashash manzili bo‘yicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tayyorlangan tutingan oilaga joylashtirish rejalashtirilgan. Vazirlikning ma’lum qilishicha, 2025-yil boshidan buyon 61 nafar voyaga yetmagan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarilgan, shuningdek, avgust-sentyabr oylarida Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 20 ga yaqin voyaga yetmaganni qaytarishni rejalashtirmoqda, ularga Ijtimoiy himoya milliy agentligi oilaviy muhitga qaytishga yordam beradi.
Avvalroq O‘zbekistonga kelgan falastinlik bolalar davlat maktablari va bolalar bog‘chalariga joylashtirilishi xabar qilingandi. Qabul navbatsiz bo‘ladi va barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi.
Izohlar