Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi
Ravshan Raimov Yangiyo‘l shahri hokimi etib tayinlandi.
2023-yilning avgust oyidan beri Yangiyo‘l shahri hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Ravshan Isakdjanovich Raimov egalladi.
Mazkur tayinlov Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokida o‘tgan Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Ravshan Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020−2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Мавзуга оид хабарлар:
Oʻzbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi Toshkent viloyatida taksichiga pichoq bilan hujum qilgan ikki talaba qamaldi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi “Hududgazta’minot” raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi