25 Dekabr 2024, 08:18 •Oʻzbekiston
Yangi yil bayramida dam olish kunlari belgilandi
Prezident qarori bilan oʻzbekistonliklar bayram kuni ketma-ket 6 kun dam oladi.
“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [452-son, 24.12.2024-y.] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
- 28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
- 29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
- 30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
- 31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
- 1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
- 2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
Мавзуга оид хабарлар:
Payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi Qishki taʼtilda qoʻshimcha poyezd qatnovlari va vagonlar qoʻshilmoqda Yirik savdo tarmoqlariga narxlarni nazorat qilib borish topshirildi Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklandi Toshkentda Yangi yil bayrami tadbirlari bo‘lib o‘tadigan manzillar elon qilindi
Soʻnggi yangiliklar
Davlat qarzining cheklangan hajmi oshiriladi
25 Dekabr 2024, 19:17Toshkentdagi universitet mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
25 Dekabr 2024, 18:26Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
25 Dekabr 2024, 17:41O‘zbekiston Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam jo‘natdi
25 Dekabr 2024, 17:09Oʻzbekistonda 2025 yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi
25 Dekabr 2024, 17:05Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya prezidentlariga hamdardlik yoʻlladi
25 Dekabr 2024, 16:03Noyob tangalarni O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
25 Dekabr 2024, 15:32Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari elektron reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi
25 Dekabr 2024, 14:42