Yakuniy davlat attestatsiyalari ish beruvchi korxonalarda tashkil etilishi mumkin
2025 yil 1 yanvardan yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

Hukumatning “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Shuningdek, diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati taʼlim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
2025-yil 1-yanvardan kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursi kiritiladi.
Мавзуга оид хабарлар:
O‘zbekistondagi uchta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi Farg‘onadagi ayrim oliygohlar birlashtirilib, yangi universitet tashkil etiladi Nukus davlat texnika universiteti tashkil etiladi Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi Namanganda ham yangi universitet ochilmoqda
Soʻnggi yangiliklar







