O‘zbekiston

Xususiy bog‘chalar uchun yer ijarasi 30 yilga bepul bo‘ladi

Bog‘cha qamrovi 70-80 foizdan past bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlarga yengilliklar beriladi.

O‘zbekistonda xususiy bog‘chalar uchun tadbirkorlardan 30 yil davomida ijara haqi undirilmaydi, deya xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Xususiy ta’lim sohasida so‘nggi sakkiz yilda xususiy bog‘chalar soni 31 mingtaga, maktablar soni 645 taga yetgan. Endi bog‘cha qamrovi 70-80 foizdan past bo‘lgan 80 ta tumanda tadbirkorlarga yengilliklar beriladi. Eng avvalo, ushbu tumanlarda bo‘sh turgan yerlarda XUJMSh asosida bolalar bog‘chalari qurishga ruxsat beriladi.

Bunda tadbirkorlardan yer uchun 30 yil muddatga ijara haqi olinadi. Ularga davlat bog‘chasidagi har bir bola uchun nazarda tutilgan xarajatlarning yarmi miqdorida subsidiya beriladi.

Ushbu tumanlardagi boshqa joylarda bog‘cha tashkil qilaman, degan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha 18 foizli imtiyozli kredit ajratiladi, faoliyatini o‘zgartirmaslik sharti bilan yer tekinga beriladi, ularga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi, tarbiyachilarining maoshi uch yilgacha to‘lab beriladi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari uchun subsidiya to‘lash tartibi tasdiqlangandi. To‘lovlar avtomatik amalga oshiriladi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная