Xotinining boshiga belkurak bilan urgan erkak qamaldi
Samarqand viloyati Urgut tumanida xotinini belkurak bilan urgan erkak 3 yilga qamaldi.
Samarqand viloyati Urgut tumanida xotinini bolalarining oldida belkurak bilan urgan erkak 3 yilga qamaldi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi 34 yoshli E.F. joriy yil 24 sentyabr kuni soat 19:00 larda Urgut tumani “Quyiqishloq” mahallasi hududida qaynukasi A.O. bilan o‘rtalaridagi kelishmovchilik sababli o‘zaro tortishib qolgan va soat 20:00 larda yashash uyiga kelib, turmush o‘rtog‘i A.M. ni ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining ko‘z o‘ngida ularga ruhan azob berayotganligini anglagan holda qo‘li va sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan belkurakning temir qismi bilan A.M. ning bosh va qo‘llariga bir necha marotaba urib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.
Joriy yilning 2 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida mazkur ish ko‘rilib, sudlanuvchi E.F. Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 5-qismi “v,i” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Uning jazoni manzil-koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda terrorchi guruhlarga pul yuborgan shaxs 10 yildan koʻproqqa qamaldi Samarqandda 19 yoshli qiz tanishini kaltakladi Samarqandda avtobus urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi To‘rt hududda 675 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi Qariyb 2 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘g‘irlagan mayning ferma aniqlandi