27 Iyul 2024, 10:29 Oʻzbekiston

Xorazmdagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi kaltaklangani aytildi

Qo‘shko‘pir tumanidagi xususiy bog‘chaning 3 yoshli tarbiyalanuvchisi kaltaklangani aytilmoqda.

Xorazmdagi xususiy bog‘chada tarbiyalanuvchi kaltaklangani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanidagi bolalar bog‘chasida bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni o‘rganmoqda.

Aniqlanishicha, holat 25-iyul kuni Qo‘shko‘pirdagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir bo‘lgan.

Hozirda Qo‘shko‘pir tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yetkazilgan jarohat darajasini aniqlash maqsadida 2021-yilda tug‘ilgan I.S. (qiz)ga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Mashhur yangiliklar