Xorazmdagi g‘isht zavodida qariyb 4,8 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi
Gurlan tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodida 5 mln 318 ming KW/h elektr energiyasi o‘g‘irlangani aniqlandi.
Gurlan tumanida yirik elektr energiyasi o‘g‘riligi fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, energiya resurslari talon – toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davomida Gurlan tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodida yirik o‘g‘rilik holati fosh etilgan.
Unga ko‘ra, Tumandagi “X.Sh.” MChJ rahbari E.S. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish zavodidagi hisobga olish uskunasiga ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqari ta’sir ko‘rsatgan. Bu orqali u 4 mlrd 786 mln so‘mlik 5 mln 318 ming KW/h elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Holat yuzasidan E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Qator hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Tadbirkorlarga limitdan oshgan elektr va gaz uchun qo‘shimcha to‘lov kamaytiriladi