2 Oktabr 2024, 13:07 Oʻzbekiston

Xorazmdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Mazkur yong‘in Urganch shahar FVB Yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi tomonidan bartaraf qilingan.

Xorazmdagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida yashovchi fuqaroning xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 2 oktyabr kuni soat 02:35 da Urganch shahar FVBga shaharning Yangihayot mahallasi Farg‘ona ko‘chasida joylashgan xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgan.

Mazkur yong‘in Urganch shahar FVB Yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi tomonidan soat 03:55 da to‘liq bartaraf qilingan.

Yong‘in oqibatida xonadonning taxminan 150 metr kvadrat maydonda tom bostirmasi va uy jihozlari yonib ketgan. 120 metr kvadrat maydoni saqlab qolingan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Mashhur yangiliklar