Xorazm va Toshkentda 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

“Hududgazta’minot” xabar berishicha, Qibray tumani “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.X. xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 288,6 mln so‘mlik zarar aniqlandi.
Shuningdek, Urganch shahrida joylashgan “S.” MChJga tegishli umumiy ovqatlanish maskanida gaz tarmog‘iga elektron gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgan bo‘lsa ham, korxona gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molchi tomonidan 225,14 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi Toshkentda begona ayol maktab o‘quvchisini olib ketishga urindi Toshkentda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasaydi Toshkentliklarni haqorat qilgan qiz 10 sutkaga qamaldi Toshkentda 8 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







