Xorazm va Toshkentda 500 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

“Hududgazta’minot” xabar berishicha, Qibray tumani “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.X. xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 288,6 mln so‘mlik zarar aniqlandi.
Shuningdek, Urganch shahrida joylashgan “S.” MChJga tegishli umumiy ovqatlanish maskanida gaz tarmog‘iga elektron gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgan bo‘lsa ham, korxona gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molchi tomonidan 225,14 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.
Мавзуга оид хабарлар:
Poytaxtning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi Toshkent shahrida 1 sotix yer necha pul? Qarzdor xonadon sabab butun uy issiqlik ta’minotidan uzilishi rad etildi O‘zbekistonda 2024-yili 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingan Toshkentda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi
Soʻnggi yangiliklar







