Xonanda Osman Navro‘zov ham jarimaga tortildi
Qo‘shiqchi Osman Navro‘zov avtomashinasini 197 km/soat tezlikda boshqargani uchun jarimaga tortildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Osman Navro‘zov avtomobilida yuqori tezlikda haydagani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati qoidalarni chetlab o‘tgan xonandaga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Navro‘zov kecha, 3 oktyabr kuni 197 km/soat tezlikda harakatlarib ketayotganida o‘zi uchun video suratga olgan.
Bilmasdan videoni storiyesga qo‘yganim uchun xalqimizdan uzr so‘rayman va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr so‘rayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka va’da beraman va sizga ham buni tavsiya qilmayman. O‘zimni haydovchilik guvohnomamni topshiryapman. Bu to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradilar, deydi qo‘shiqchi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlarini so‘radi.
Мавзуга оид хабарлар:
Kredit reklamasida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan bank jarimaga tortildi Bo‘stonliqda tog‘ echkisini ovlagan brakoner ushlandi Saylovda bir kishiga Saylovda bir kishiga bir necha byulleten bergan komissiya a’zosi sudlandi UFC 375 million dollar jarimaga tortildi Samarqandda 1 tup daraxt kesgan shaxs 71 mln soʻm jarimaga tortildi