21 Dekabr 2024, 14:25 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi

Mazkur loyiha uchun Jalolobod shahridagi 44,29 gektar yer maydoni ajratilmoqda.

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlanadi

Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 27-dekabr kuni boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov xalq qurultoyida ma’lum qildi.

“Bu yo‘l Sharq va G‘arbni bog‘laydigan strategik ko‘prik bo‘ladi”, ta’kidladi Japarov.

May oyida Sadir Japarov uch davlat o‘rtasidagi temir yo‘l qurilishi 2024-yil oktyabr oyida boshlanishini aytgandi. Loyihani amalga oshirish uchun mamlakatlar qo‘shma kompaniya tuzishga kelishib olgan. Ishtirokchilarning korxonadagi ulushi: Xitoy 51 foiz, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 24,5 foizdan.

2024-yil iyun oyida uch davlat vakillari temir yo‘l qurilishi to‘g‘risidagi bitimni rasman imzoladi va moliyalashtirish shartlarini belgiladi. Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 665 million dollarga baholanmoqda. Temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirish uchun Jalolobod shahridagi 44,29 gektar yer maydoni ajratilmoqda.

Mashhur yangiliklar