17 Fevral 2025, 11:23 Jahon, Oʻzbekiston

Xalqaro qidiruvdagi qozog‘istonlik sobiq amaldor O‘zbekistonda ushlandi

Oqtov shahri hokimining xalqaro qidiruvga berilgan sobiq o‘rinbosari Temur Saidvaqosov O‘zbekistonda qo‘lga olindi.

Xalqaro qidiruvdagi qozog‘istonlik sobiq amaldor O‘zbekistonda ushlandi

Qozog‘istonning Oqtov shahri hokimi sobiq o‘rinbosari Temur Saidvaqosov noqonuniy ravishda mamlakatning Qirg‘iziston bilan chegarasini kesib o‘tgan, keyin esa O‘zbekiston hududiga o‘tayotganida mahalliy chegarachilar tomonidan ushlangan.

Endi Saidvaqosov 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin — O‘zbekistonda bir guruh shaxslarning oldindan kelishgan holda davlat chegarasini buzib o‘tganligi uchun shu turdagi jazo belgilangan.

Hokim o‘rinbosari Qozog‘istonda Shimoliy-Qozog‘iston viloyatidagi “Obuxovskoye” nodir metallar konini oʻzlashtirayotgan “Tiolayn” kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq korrupsion jinoyatlarda gumonlanmoqda. Tergovning hisoblashicha, korxona aksiyadorlaridan biri — Viktor Dolgalev o‘z biznesida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan, jumladan, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullangan va yerosti boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalangan.

Mashhur yangiliklar