18 Fevral 2025, 08:53 Jahon, Oʻzbekiston

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ў‘g‘irlik va katta miqdorda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etgan shaxs Misr hududida bir muddat talabalik maqomida yashirinib yurgan.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Unda keltirilishicha, Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan o‘g‘irlik va katta miqdorda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi T.X.M. Misrda ekani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu shaxs Misr hududida bir muddat talabalik maqomida yashirinib yurgan. Joriy yil yanvar oyida Interpolning Qohira shahridagi ofisi va Misr huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan.

Mashhur yangiliklar