1 Fevral 2025, 18:12 Jahon, Oʻzbekiston, Sport

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Ayni vaqtda erkak vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Qozog‘istonda Interpol tomonidan qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar beradi Politsia.kz.

Ma’lum qilinishicha, Oqto‘be viloyatidagi “Jaysan” temiryo‘l o‘tkazish punktida noqonuniy giyohvandlik vositalarini tashish ayblovi bilan Moldova IIV Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchi 2013 yilda boshqa shaxslar bilan birgalikda giyohvand moddalarni xalqaro yetkazib berishni tashkil qilgan. Moldovaga kirish vaqtida uning yonidan 46 gramm geroin topilgan.

Ayni vaqtda erkak vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Mashhur yangiliklar