7 Fevral 2025, 17:52 Oʻzbekiston

Xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Xayriddin Ma’sudov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi Xayriddin Ma’sudov 88 yoshida vafot etdi.

Xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Xayriddin Ma’sudov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi Ma’sudov Xayriddin Fathiddinovich 88 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Xayriddin Ma’sudov 1937-yil 27-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1956-yilda texnika sohasida boshlagan, keyinchalik ta’lim sohasida ishlay boshlagan, kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

U uzoq yillar xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Ma’sudov 2017-yildan hozirgacha “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi rais o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

“O‘z kasbining mohir ustasi, fidoyi ustoz va mehribon inson sifatida u el-yurt e’tiborini qozongan. Uning fidokorona mehnati, ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi va yoshlarga bergan bilimlari xalqimiz uchun bebaho meros bo‘lib qoladi”, deyiladi xabarda.

Mashhur yangiliklar