Voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin
IIV voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkinligini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda voyaga yetgan kvadroberlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Departamentning ma’lum qilishicha, 18 yoshdan oshgan shaxslar tomonidan sodir etilgan bunday harakatlar mayda bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Unga ko‘ra, kvadroberlar ko‘chada o‘zga shaxslarga tashlansa yoki erkin harakatlanishiga to‘sqinlik qilsa, jabrlanuvchilar IIBga murojaat bilan chiqishi mumkin. Bunday xatti-harakatlar ham mayda bezorilik deb baholanadi.
Mazkur harakatlar bilan fuqarolarga haqoratli muomala qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ish ochishga sabab bo‘ladi.
Jamoat xavfsizligi departamenti ushbu modda bilan ayblangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda (1 125 000 so‘mdan 1 875 000 so‘mgacha) jarimaga tortilishi yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkinligini eslatgan.
Мавзуга оид хабарлар:
IIV Toshkentda kvadroberlar paydo bo‘layotganidan ogohlantirdi Тошкентда терговчи ва 2 нафар суриштирувчи 7 минг доллар пора олганликда гумонланмоқда ИИВ департаменти тузилмасида Стратегик таҳлил маркази ташкил этилади