O‘zbekiston

Veolia Energy isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxt aholisiga murojaat qildi

Shuningdek, kompaniya quvurga zarar yetishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Veolia Energy isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxt aholisiga murojaat qildi
Фото: ситуативное

Isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 2025-yil 30-maydan 17-iyulgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining mexanik mustahkamligi va zichligi bo‘yicha gidravlik sinovlar o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Veolia Energy kompaniyasi axborot xizmati.

Sinovlar issiq suv ta’minoti cheklanmagan holda o‘tkaziladi. Biroq sinov jarayonida quvurlarga shikast yetishi, yo‘lning qatnov qismi va yo‘laklarga issiq suv chiqishi mumkin.

“Haydovchilar, piyodalar, shuningdek, ma’muriy binolar aholisi va xodimlaridan ehtiyotkorlik va e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz. Agar issiqlik tarmoqlarida shikastlanish yoki avariyalar aniqlansa, 1347 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Gidravlik sinovlar o‘tkaziladigan lokatsiyalarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda kompaniya nima uchun Toshkent aholisi issiq suv va isitish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Ba’zan bunga qo‘shnilar ham aybdor bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Mavzuga oid