O‘zbekiston

Vasiylar va homiylar bolalarga beparvo munosabatda bo‘lgani uchun jazolanishi mumkin

Shuningdek, qonun loyihasi bilan ma’muriy javobgarlikni joriy etish taklif qilinmoqda.

Фото: Ситуативное

O‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi, deb xabar qilmoqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, deputatlar tegishli qonun loyihasida o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun ilgari vasiy, homiy yoki tutingan ota-ona majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan fuqarolarni farzandlikka olish huquqidan mahrum etishni taklif qilgan.

Shuningdek, rasmiylar bunday odamlarni bolalarga vasiy yoki homiy etib tayinlashni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, hujjatda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy bo‘linmalari yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qidirish va aniqlash, ularning hisobini yuritish, shuningdek, ularni joylashtirishning muqobil shakllari bilan ta’minlash bilan shug‘ullanishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, qonun loyihasi bilan notariuslarga bolani farzandlikka, vasiylikka yoki homiylikka berish to‘g‘risida berilgan arizalar haqidagi ma’lumotlarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etish hamda ushbu arizalardagi imzoning haqiqiyligini tasdiqlash majburiyati yuklatilmoqda.

Mavzuga doir: Xavfsiz oila — Toshkentda o‘smirlarni qanday qo‘llab-quvvatlashadi? Markaz notinch oilalar farzandlariga barqarorlik va himoyalanganlik hissini topishga yordam beradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная