2 Aprel 2025, 10:30 Oʻzbekiston

Uzum Tezkor yetkazib berish bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasi Uzum Tezkor`ni buyurtma va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida ustun mavqega ega operator sifatida e’tirof etdi. Bunga kompaniya tomonidan taqdim etilgan xabarnoma asos qilib olindi.

Uzum Tezkor yetkazib berish bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Uzum Tezkor kompaniyasi ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi, deya xabar bermoqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

Kompaniya tomonidan tayyor ovqat hamda boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida ustun mavqega erishgani to‘g‘risida qo‘mitaga taqdim etilgan xabarnoma bunga asos sifatida olindi.

Raqobat qo‘mitasi qonun hujjatlariga muvofiq, platformaning ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etadi va tegishli tartibda monitoring o‘tkazib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzum Market marketpleysi ham elektron savdo maydonchalari bozorida ustun mavqega ega deb topilgandi.

2024-yil oktabrida tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatorlari bo‘lgan Yandex Eats hamda Express24 ham ustun mavqega ega deb topilgandi.

Mashhur yangiliklar