O‘zbekiston

Uzbekistan Airways Toshkent va Tel-Aviv o‘rtasidagi aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatadi

Qaror Isroil shahridagi xalqaro aeroportda havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bilan bog‘liq.

Uzbekistan Airways Toshkent va Tel-Aviv o‘rtasidagi aviaqatnovlarni vaqtincha to‘xtatadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatadi.

Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar tufayli aviakompaniya 2025-yil 16-iyundan 30-iyungacha Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni majburiy ravishda to‘xtatadi.

Bekor qilingan parvozlar yo‘lovchilari pulni qaytarish uchun murojaat qilishlari yoki sotib olingan aviachiptalarni keyingi sanalarga qayta bronlashlari mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasidan xavotirda ekani xabar qilingandi. Mamlakat TIV keng ko‘lamli qarama-qarshiliklardan xavotirda.

Izohlar

Mavzuga oid