“Uzbekistan Airways” styuardessasiga tegajog‘lik qilgan erkak qamaldi
Sochi – Toshkent yo‘nalishidagi samolyotda bort kuzatuvchisiga shilqimlik qilgan erkakka 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Samolyot bortida styuardessaga shilqimlik qilgan erkak ma’muriy jazoga tortildi.
Sud qarorida keltirilishicha, holat 2024 yilning 31 dekabr kuni Sochi – Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan samolyot bortida kuzatilgan. 1985 yilda tug‘ilgan J.E. ushbu reysda uchib kelayotib, mast holda styuardessaning tanasini ushlab, unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.
J.E. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan hamda qo‘lidagi narsasi polga tushib ketganini, uni olayotganda styuardessaga tegib ketganini bildirgan.
Styuardessa esa J.E. mast holda bir necha marotaba uning yonboshiga qo‘li bilan teginib, shilqimlik qilganini aytgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining 2025 yil 7 yanvardagi qaroriga ko‘ra, J.E. MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qildi Surxondaryoda tabib oldiga yordam so‘rab kelgan ayolga shilqimlik qildi Samarqandda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi Toshkent metrosida begona qizga shilqimlik qilgan erkak qamaldi Toshkentda 80 yoshli ayolga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi