O‘zbekiston

Uzbekistan Airports yo‘qolgan yuklarni sotish bo‘yicha xayriya aksiyasi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Kompaniya olib ketilmagan yuklar sotilmasligi va uchinchi shaxslarga berilmasligini ta’kidladi.

Uzbekistan Airports yo‘qolgan yuklarni sotish bo‘yicha xayriya aksiyasi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent” xalqaro aeroporti talab etilmagan yuklarni sotish bo‘yicha xayriya aksiyasini o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Uzbekistan Airports holatga izoh berdi.

Tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili aeroport omborida katta miqdorda yo‘qolgan yoki unutilgan yuklar to‘planib qolishi va havo bandargohi olti oy saqlangandan so‘ng ularni utilizatsiya qilish huquqiga ega ekanligi sababli, 2025-yilda aeroport xayriya aksiyasini tashkil etib, unutilgan yuklarni har bir yuk uchun atigi 25 762,61 so‘mga tarqatadi.

Uzbekistan Airports ushbu ma’lumotni rad etib, O‘zbekistondagi aeroportlarning hech biri, shuningdek, UzCargo va Uzbekistan Airports Hadling sho‘ba korxonalari yo‘lovchilar tomonidan qoldirilgan bagajni sotmasligini va uchinchi shaxslarga bermasligini ta’kidladi. Talab qilinmagan barcha yuklar aeroport omborlarida saqlanadi, shundan so‘ng uch oy o‘tgach utilizatsiya qilinadi.

Shuningdek, kompaniya fuqarolardan yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikni va firibgarlarga pul o‘tkazmaslikni so‘radi.

Mavzuga doir: Yuk yo‘qotilganda nima qilish kerak? Aviakompaniya javobgar bo‘ladi.

Izohlar

Mavzuga oid