15 Yanvar 2025, 17:19 •Jahon, Oʻzbekiston, Sport
UzAirways samolyotida parvoz vaqtida nosozlik kuzatildi
Shu sababli aviakompaniyaning bir nechta aviaqatnovlari majburiy kechiktiriladi.

Uzbekistan Airways samolyotida 15-yanvar kuni texnik nosozlik kuzatildi. Bu haqda avikompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vnukovo xalqaro aeroportida havo kemasida texnik nosozlik vujudga kelgan. Shu sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta aviaqatnovlari majburiy kechiktiriladi.
HY9628/9627/9608 Moskva (Vnukovo)—Farg‘ona—Moskva (Vnukovo)—Buxoro aviaqatnovlari taxminiy harakat jadvali:
- HY9628 — Moskvadan (Vnukovo) jo‘nab ketish 17:25, Farg‘onaga yetib borish 23:40;
- HY9627 — Farg‘onadan jo‘nab ketish 00:50 (16-yanvar), Moskvaga (Vnukovo) yetib borish 03:35 (16-yanvar);
- HY9608 — Moskvadan (Vnukovo) jo‘nab ketish 04:50 (16-yanvar), Buxoroga yetib borish 10:45 (16-yanvar).
Flightradar24 saytida ushbu yo‘nalishda uchgan Buxoro—Moskva yo‘nalishida uchgan UZB9607 reysining harakat trayektoriyasini ko‘rish mumkin.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkentdan Jiddaga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘ndirildi Toshkentdan Istanbulga uchadigan ikki kunlik reyslar bekor qilindi Saudiya Arabistonida og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi Toshkent – Nyu York yo‘nalishida uchgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi Samarqandga uchgan samolyot Moskvaga favqulodda qo‘ndi
Soʻnggi yangiliklar

O‘zbekiston birinchi chorakda Xitoyga gaz eksportini 2,5 barobardan ko‘proqqa oshirdi
25 Aprel 2025, 18:49
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
25 Aprel 2025, 16:06
O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi vizasiz rejim tahdid ostida: o‘zbekistonliklar Dubayga kiritilmadi
25 Aprel 2025, 14:03
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi
25 Aprel 2025, 13:24
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi
25 Aprel 2025, 12:39
Bolaning oyog‘ini qaynoq suv bilan kuydirishgan bog‘cha noqonuniy ishlagani aniqlandi
25 Aprel 2025, 11:17
“Dubay shokoladi” sog‘liq uchun xavfli deb topildi
25 Aprel 2025, 11:15
Samarqandda Lacetti o‘nga yaqin piyodani urib yubordi, bir kishi vafot etdi
25 Aprel 2025, 11:13